Germaniyadan yuborilgan pochta jo‘natmasidan 4 kg giyohvandlik vositasi topildi

Asosiy rasm

Toshkentda Germaniyadan pochta orqali yuborilgan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yakkasaroy tumanida vaqtincha yashab kelayotgan 2001-yilda tug‘ilgan Chernogoriya fuqarosi pochta jo‘natmasini qabul qilib olayotgan paytda to‘xtatilgan.

Jo‘natma tekshirilganda sport anjomlari orasiga yashirilgan 3 kg “Klefedron” va 1 kg gashish aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining vaqtincha yashash joyi ham ko‘zdan kechirilgan. U yerdan jami 30 gramm “Alfa-PVP” moddasi solingan 11 ta tayyor o‘ram, zip-paketlar, elektron tarozi va boshqa buyumlar topilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring