Biznesni ro‘yxatga olishda qatnashgan hokim yordamchilari rag‘batlantiriladi
Biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga jalb etilgan hokim yordamchilariga bir martalik rag‘batlantirish to‘lovi beriladi. Tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 557-son qarori bilan belgilandi.
Har bir to‘ldirilgan va qabul qilingan so‘rovnoma uchun:
– rasmiy faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birlik bo‘yicha 6 120 so‘m;
– davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birlik bo‘yicha 8 160 so‘m to‘lanadi.
Bu summalar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining tegishlicha 0,45 va 0,6 foiziga teng bo‘lib, 1 360 000 so‘m asosida hisoblangan.
To‘lov uchun so‘rovnomalar to‘liq va sifatli to‘ldirilib, qabul qilinishi hamda biriktirilgan hududdagi iqtisodiy birliklar to‘liq qamrab olinishi shart.
Mablag‘lar Jahon banki ishtirokidagi loyiha hisobidan Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan to‘lanadi.
Tadbirga jalb etilgan xodimlarning asosiy ish joyi, lavozimi va oylik maoshi saqlanadi. Boshqa xodim o‘rniga jalb etilgan shaxs ham belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.