Kassa va inkassatsiya qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Asosiy rasm

Markaziy bank tijorat banklarida kassa va inkassatsiya ishlarini tashkil etish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Tegishli qaror 9-oktabrda Adliya vazirligida 3028-11-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Yo‘riqnomaga «hisoblangan foizlar» bilan bir qatorda «boshqa daromadlar» tushunchasi ham kiritildi. «Omonatlar va ularga hisoblangan foizlar» iborasi esa «mablag‘lar» bilan almashtirildi. Bu kassa operatsiyalariga oid talablarni islomiy moliyalashtirish amaliyotlariga ham tatbiq etish imkonini beradi.

Naqd pul va qimmatliklarni tashish tartibi ham aniqlashtirildi. Banklar va ularning filiallari o‘rtasida naqd xorijiy valyuta hamda boshqa qimmatliklarni hududlararo tashish Markaziy bank farmoyishi asosida amalga oshiriladi. Hudud ichidagi tashishlar esa inkassatsiya xizmatining tegishli bo‘linmalari farmoyishlari asosida tashkil etiladi.

Markaziy bank farmoyishlari «Elektron farmoyishlar» dasturida avtomatik shakllantirilib, jo‘natuvchi va qabul qiluvchi bank bo‘linmalariga elektron yuboriladi.

Belgilangan talablar asosida inkassatsiya xizmatini tashkil etgan banklarga o‘z bo‘linmalari o‘rtasida naqd pul va qimmatliklarni mustaqil tashish imkoniyati beriladi. Hududlararo tashishda transport vositalarini kuzatib borish Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring