Endilikda peshlavha tashqi reklama hisoblanmaydi

Asosiy rasm

Raqobat qo‘mitasi tashqi reklamani joylashtirish tartibini tadbirkorlar foydasiga qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar bergan edi. Ushbu takliflar asosida Hukumatning 2026-yil 13-oktabrdagi 563-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tadbirkor egallab turgan binoning tashqi tomoni yoki kirishidagi nomi, faoliyati, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi aks etgan peshlavha tashqi reklama hisoblanmaydi va unga reklama pasporti talab qilinmaydi.

Yuridik shaxslar mulk yoki boshqa ashyoviy huquq asosida o‘ziga tegishli avtomobillarga o‘z brendi, faoliyati va mahsulotlari reklamasini joylashtirish uchun Yagona portal orqali xabarnoma yuboradi. Pasport avtomatik va yig‘imsiz rasmiylashtiriladi. Noto‘g‘ri ma’lumot yoki o‘zgalarning tovar belgisi ko‘rsatilsa, u bekor qilinadi.

Qarorda boshqa yengillik va kafolatlar ham belgilangan:

– «dizayn-kod» jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilinib, e’lon qilinganidan uch oy o‘tib kuchga kiradi. Ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisidan foydalanish imkoniyati saqlanishi shart;
– majburiy demontaj haqida ikki kun oldin veb-saytda e’lon berilib, egasi yozma xabardor qilinadi. Demontaj ish kunlari 09:00–18:00 da, egasi ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda o‘tkaziladi;
– reklama pasportidan voz kechish uchun onlayn ariza berish mumkin;
– qurilish obyektlaridagi reklama qurilish yakunigacha, bayram va tadbirlar reklamasi esa 30 kungacha joylashtirilishi mumkin.

Raqobat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, tashqi reklama bo‘yicha jamoatchilik nazorati «Xalq nazorati» portali orqali yo‘lga qo‘yiladi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring