2027-yil 1-martdan arxiv hujjatlari ekspertizasiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Asosiy rasm

Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda 2027-yil 1-martdan sun’iy intellekt bosqichma-bosqich qo‘llanadi. Bu haqda «O‘zarxiv» agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev brifingda ma’lum qildi.

Texnologiyalar hujjatlarni dastlabki tahlil qilish, me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish hamda xato va kamchiliklarni aniqlashga xizmat qiladi.

Hukumatning 2026-yil 10-oktabrdagi 559-son qarori bilan mazkur davlat xizmatining yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Unda hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari, mas’ullar va to‘lovlar belgilangan. Reglamentda ko‘rsatilmagan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.

Xizmatdan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish nazarda tutilgan. Portal orqali murojaat qilinganda belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi, ya’ni 10 foizlik chegirma qo‘llanadi.

Xizmatni portalda ishga tushirish uchun ikki oy muddat belgilangan. Ariza ko‘rib chiqilishini elektron kuzatish imkoniyati yaratiladi, ekspertiza xulosalari va bildirishnomalarning elektron reyestri yuritiladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring