Davlat arxivlaridan shaxsiy hujjatlarning asl nusxasini olish bo‘yicha yangi xizmat joriy etildi

Asosiy rasm

Bu haqda davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlari aslini berish bo‘yicha yangi davlat xizmatiga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilindi.

Yangi xizmat orqali fuqarolar davlat arxivlarida saqlanayotgan mehnat daftarchasi, guvohnoma, diplom va boshqa shu kabi shaxsiy hujjatlarning asl nusxasini olishlari mumkin.

Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati – 10 ish kuni.

Xizmat uchun yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari etib belgilangan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring