O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 3,9 foizgacha qisqardi

Asosiy rasm

Bu haqda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida 515 mingta oila uchun individual rejalar ishlab chiqilgan. Natijada 161 ming fuqaro ishga joylashtirilgan, 304 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilingan.

Mahallalarda 55 mingga yaqin mikroloyiha yo‘lga qo‘yilib, ular orqali 164 ming nafar aholining daromadi oshirilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida kambag‘allik darajasi 5,8 foizdan 3,9 foizgacha pasaygan. Shuningdek, 49 ta tuman va 3429 ta mahalla “kambag‘allikdan holi” hududga aylangani qayd etildi.

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha endilikda “avval tashxis – keyin yechim” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish rejalashtirilgan.

Fuqarolarning holati uyma-uy o‘rganilib, ma’lumotlar “Onlayn mahalla” tizimiga kiritiladi va ular uchun individual rejalar shakllantiriladi.

Yil yakuniga qadar yana 230 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish hamda 1 million nafar aholining daromadini oshirish vazifasi belgilangan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring