Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish: zarar 825,3 mlrd so‘m deb hisoblandi

Asosiy rasm

O‘zenergoinspeksiya energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2 795 ta holatni aniqladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 825,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Shundan 435,1 mlrd so‘mi elektr energiyasi, 390,2 mlrd so‘mi tabiiy gaz hissasiga to‘g‘ri keladi. Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bo‘yicha 4 196 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Yoqilg‘i quyish shoxobchalari va korxonalardan olingan namunalar tahlilida 308 ta holatda jami 7 435 tonna neft mahsuloti sifatsiz deb topilib, sotuvga chiqarilishining oldi olingan.

Shuningdek, 199 ta tadbirkorlik subyektiga ortiqcha hisoblangan to‘lovlar qayta hisoblangan. Elektr energiyasi bo‘yicha 3 mlrd 632 mln so‘m, tabiiy gaz bo‘yicha 12 mlrd 84 mln so‘mlik hisob-kitoblardagi xatolar tuzatilgan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring