Konstitutsiyaviy sud sudyalari 10 yilga saylanadi – yangi qonun qabul qilindi
Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra, har bir sudya 10 yil muddatga alohida saylanadi. Sud rais va uning o‘rinbosari bilan birga to‘qqiz nafar sudyadan iborat bo‘ladi.
Bu tartib 2026-yil 14-oktabrda qabul qilingan O‘RQ–1181-son Konstitutsiyaviy qonunda belgilangan.
Sud qonunlar, parlament palatalari qarorlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hamda mahalliy hokimiyat qarorlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston qonunlariga muvofiqligini ham aniqlaydi.
Shuningdek, Oliy sud tashabbusi bilan kiritilgan normativ hujjatlarning konstitutsiyaviyligiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqadi va vakolatlari doirasida Konstitutsiya hamda qonunlarni sharhlaydi. Sud qarorlari va xulosalari rasman e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.