Alkogolli ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortildi

Asosiy rasm

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan reklama materiallarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida bloger N.Sobirovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida alkogolli ichimliklar reklamasi joylashtirilgani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan. Bundan faqat pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar qonunchilikda belgilangan vaqt, shakl va auditoriyaga oid cheklovlarga rioya etilgan holdagina mustasno hisoblanadi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli ichimliklar reklamasini har qanday shaklda tarqatish taqiqlangan.

Qonunchilik talablarini buzgani uchun bloger N.Sobirov belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi, tegishli hujjatlar esa sudga yuborildi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring