Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi

Asosiy rasm

Yig‘ilishda Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida”, “Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

Oliy sud raisi R. Mahmudova raisligida o‘tgan yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va quyi sudlar sudyalari, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sudyalar assotsiatsiyasi va Advokatlar palatasi raislari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha va Bola huquqlari bo‘yicha vakillari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Plenum qarorlari matnlari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborotnomasi” va “Kuch – adolatda” gazetasida e’lon qilinadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring