Ustyurtda yana bir yangi quduqdan katta bosimda gaz olindi

Asosiy rasm

Mo‘ynoq tumanidagi «G‘arbiy Quyi Surgil» konining 19-sonli qudug‘ida sinovlar davomida sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Quduqning kunlik debiti 400–500 ming kub metrni tashkil etdi.

«O‘zbekneftgaz»ga qarashli kondagi burg‘ilash ishlari murakkab geologik sharoitlarda yakunlangan. «O‘zbekgeofizika» o‘tkazgan sinovlarda gaz oqimi 4 588–4 708 metr chuqurlikdagi qatlamlardan yuqori bosim ostida olingan.

Hozir quduqni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda: texnologik uskunalar o‘rnatilib, gaz uzatish quvurlari va tarmoqlari qurilmoqda. Yakuniy gidrodinamik tadqiqotlar ham davom etmoqda.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring