Toşkentda yangi «Halqa» podstansiyasi işga tuşdi – u mazut yoqişga ehtiyoj qoldirmaydi
Energetika vazirligining xabar berişiça, bugun Özbekistondagi eng yirik va zamonaviy podstansiyalardan biri – 1602 MVA quvvatli «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi.
Endi Toşkent şahri va viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi. Bu esa Toşkent IESga tuşadigan yuklamani kamaytirib, mazut yoqişga ehtiyoj qoldirmaydi.
Ya’ni yangi podstansiya – nafaqat barqaror elektr ta’minoti, balki poytaxt havosini asraş yölida ham muhim qadam böladi.