Ayrim hududlarda elektr energiyasining bazaviy me’yori 350 kVt·soatgacha oshiriladi

Asosiy rasm

Hukumatning aholini energetika sohasidagi islohotlar davrida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqidagi qarori hamda suyultirilgan gaz ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etishga oid qarori qabul qilindi.

Hujjatlarga ko‘ra, tabiiy gaz mavjud bo‘lmagan yoki uni yetkazib berish qiyin hududlarda elektr energiyasining bazaviy me’yori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshiriladi.

2026-yil 15-noyabrdan aholi uchun suyultirilgan gazning chakana narxi QQS bilan har kilogrammiga 5 000 so‘m etib belgilanadi. «LPG-Trade» MChJning gazni yetkazib berish xizmati uchun cheklangan narx esa QQS bilan har kilogrammiga 1 300 so‘m bo‘ladi.

Ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan gazning har kilogrammi uchun 3 000 so‘mdan, oyiga 20 kilogrammgacha kompensatsiya to‘lanadi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring