Aholiga gaz va kömir yetkazib beriş ustidan nazorat kuçaytiriladi
Kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömirning öz vaqtida va töliq yetkazilişi, taşiş va taqsimlaş jarayonlarida talon-torojlikka yöl qöyilmasligi ustidan nazorat kuçaytiriladi.
Içki işlar vaziri Aziz Taşpulatov iştirokidagi yiğilişda mas’ullarga şu yönalişda topşiriqlar berildi. Unda «Hududgazta’minot» AJ va «LPG-Trade» MÇJ vakillari ham qatnaşdi.
Xususan, gaz ballonlarini grafik asosida yetkaziş, aholidan asossiz tölov talab qiliş va gazni me’yordan kam beriş holatlarining oldini oliş zarurligi qayd etilgan. Omborlar va gaz töldiriş şoxobçalari qöriqlanişini kuçaytiriş, ta’minotdagi uzilişlar böyiça murojaatlarni hal etiş topşirilgan.
Ma’lum qilinişiça, sönggi bir oyda 333 tonnadan ortiq kömir, qariyb 93 tonna suyultirilgan gaz va 9 139 ta gaz balloni noqonuniy muomaladan olingan.