«Ölik» quduqlarga ikkinçi nafas: Özbekneftgaz quduq ta’mirlaşda zamonaviy yeçimlarni qöllamoqda

Asosiy rasm

Inson salomatligida nuqson sezilsa, salohiyatini töla röyobga çiqara olmasa, zamonaviy tibbiyotga murojaat qilinadi va tezda davolanadi. Şundagina yana bor kuç va imkoniyatni işga solib, samaradorlik ortadi. Yer qa’rining minglab metr çuqurligida joylaşgan, yillar davomida xalqimiz xonadonlariga olov ulaşgan gaz quduği «xastalanib», kutilmaganda suv bosib qolsa yoki mahsuldorligi tugasa ham xuddi şunday munosabat zarur. Ilgari bunday quduqlar ustiga «qopqoq» yopilib, tuproq tortilgan. Bugun esa bu tamoyil butunlay özgardi.

«Özbekneftgaz» AJ Boşqaruv raisi Abduğani Sanginovning taşabbusi bilan tizimda uzoq yillar yangilanmay kelgan, eskirgan va imkoniyatlari çeklangan texnika parkini tubdan modernizatsiya qiliş böyiça ulkan amaliy qadam qöyildi.

Xitoyning nufuzli neft-gaz uskunalari işlab çiqaruvçi zavodi – «Erjineftemaş» bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq, yuk kötariş quvvati 135 tonnaga teng bölgan 4 ta zamonaviy ZJ20 ta’mirlaş-kötarma agregati xarid qilinmoqda. Ulardan dastlabki 2 tasi Ustyurtning qahraton çöl hududiga olib kelinib, «Şimoliy Berdaq» konining 13-sonli quduğida töliq montaj qilindi va işga tuşirildi.

Ilmiy-geologik sensatsiya: 100 foiz suvlangan quduqni qayta tiklaş imkoniyati

Yangi ZJ20 dastgohlarining eng katta öziga xosligi – ularning qiya yönaltirilgan özan burğilaş, ya’ni yon stvol oçiş imkoniyatidir. Ilgari suv bosgan yoki bosimi tuşgaç, taşlab qöyilgan quduqlarda eski texnika bilan işlaş imkoni bölmagan. ZJ20 esa suvlangan qatlamlarni çetlab ötib, yangi istiqbolli gaz qatlamlariga kirib boradi va «ölgan» quduqdan yana sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimini tiklaydi. Bu – millionlab kubometr qöşimça gaz demakdir.

Burğilaşda tezlik 5–10 baravar oşadi

Sohada 17 yillik tajribaga ega burğilovçi Bahodir Musurmonov yangi uskunani körib, hayratini yaşirmadi:

– Oldingi eski stanoklarda kötariş-tuşiriş amaliyoti çeklangan edi – 15 metrgaça. Yangi ZJ20 da esa bu 25 metrgaça yetkazildi, iş tezligi va samaradorligi 5–10 baravargaça ortdi! Ayniqsa, konditsionerli kabina va kameralar qöşimça qulaylik: kabinadan çiqmasdan turib, yuqori bosimli burğilaş nasoslari va sirkulyatsion eritmalarni monitorda bemalol kuzatamiz.

Mazkur ZJ20 dastgohlari yuqori mobillikka ega. Bitta quduq tiklangaç, uskuna darhol navbatdagi obyektga köçiriladi. Bu esa işlab çiqariş uzluksizligini kafolatlaydi.

Boşqaruv raisining bu taşabbusi nafaqat tabiiy gaz qazib çiqarişni köpaytiradi, balki oğir Ustyurt çöli şaroitida fidokorona mehnat qilayotgan işçi-xizmatchilar uçun xalqaro darajadagi munosib mehnat şaroitlarini yaratib beradi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring