Toshkent elektr ta’minoti uchun muhim bo‘lgan «Halqa» podstansiyasini elektr tarmog‘iga ulash ishlari yakuniy bosqichga yetdi
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida qurilayotgan 500 kV kuchlanishli «Halqa» podstansiyasiga yaqin kunlarda kuchlanish berish rejalashtirilmoqda. L-502 elektr uzatish tarmog‘ini podstansiyaga ulash bo‘yicha yakuniy qurilish-montaj ishlari tungi vaqtda ham olib borilmoqda.
Yirik energetika obyektining ishga tushirilishi Toshkent shahri va viloyatida elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
Xususan, iste’molchilarni elektr bilan ta’minlash sifatini yaxshilash, yangi ishlab chiqarish quvvatlariga elektr yetkazib berish va «Keles» podstansiyasiga tushadigan yuklamani kamaytirish ko‘zda tutilgan.