Kredit to‘lovi avtomatik yechilganda kartada eng kam ish haqining yarmi qoldiriladi
2027-yil 10-yanvardan banklar kredit yoki kafillik to‘lovlarini mijozning topshirig‘isiz kartadan yechganda, hisobvaraqlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmini saqlab qolishi shart bo‘ladi.
Markaziy bank 3030-son Nizomga shunday talab kiritdi. U kredit yoki kafillik to‘lovlarini avtomatik yechish bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlarga tatbiq etiladi.
2026-yil 1-sentabrdan eng kam ish haqi 1 mln 360 ming so‘m etib belgilangan. Bu miqdor o‘zgarmasa, yangi tartib kuchga kirgach, mijozning karta hisobvaraqlarida kamida 680 ming so‘m qoldirilishi kerak.