11 ta yirik korxonaning elektr energiyasidan qarzi qariyb 90 mlrd so‘mga yetdi
«Uzenergosotish» yirik iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘lovlari bo‘yicha hududiy ma’lumotlarni e’lon qildi. Ularga ko‘ra, yetti hududdagi 11 ta korxonaning jami qarzi qariyb 90 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Qarzdorlik hududlar kesimida quyidagicha:
– Samarqand — 1 ta korxona, 22,4 mlrd so‘m;
– Andijon — 3 ta korxona, 22,1 mlrd so‘m;
– Farg‘ona — 1 ta korxona, 19,6 mlrd so‘m;
– Toshkent shahri — 2 ta korxona, 13,7 mlrd so‘m;
– Surxondaryo — 2 ta korxona, 7,5 mlrd so‘m;
– Toshkent viloyati — 1 ta korxona, 3,8 mlrd so‘m;
– Xorazm — 1 ta korxona, 766 mln so‘m.
Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Namangandagi yirik iste’molchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirayotgani qayd etilgan.
To‘lovlarni kechiktirgan korxonalarga elektr yetkazib berish belgilangan tartibda to‘xtatilishi bildirilgan. Yaqin kunlarda yirik iste’molchilarning to‘lov intizomi bo‘yicha reytingi ham e’lon qilinadi.