15-sentabrdan rasmiy valyuta kursini hisoblash tartibi o‘zgaradi

Asosiy rasm

2026-yil 15-sentabrdan O‘zbekiston Markaziy bankining rasmiy valyuta kurslarini shakllantirish va e’lon qilish amaliyoti takomillashtiriladi.

Endilikda rasmiy kursni hisoblashda nafaqat valyuta birjasidagi, balki banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlar ham inobatga olinadi.

Rasmiy almashuv kursi birja va birjadan tashqari bozordagi bitimlarning o‘rtacha tortilgan kursi asosida shakllantiriladi. Bu ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengroq qamrab olish va bozor holatini aniqroq aks ettirish imkonini beradi.

Shuningdek, dam olish kunlari, jumladan, shanba va yakshanba uchun oxirgi ish kunida rasman e’lon qilingan valyuta kursi amal qiladi.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring