Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni Hindistonga noqonuniy olib chiqishga urinish aniqlandi

Asosiy rasm

Namangan aeroportida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

“Namangan – Dehli” yo‘nalishi bo‘yicha Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida ularning tanasiga yashirilgan, jami 555 gramm quyma oltin va 200 gramm zargarlik buyumlari aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qimmatbaho metallarning umumiy qiymati qariyb 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring