Namanganda 577 mln so‘mlik hujjatsiz va sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Asosiy rasm

DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahridagi uylardan birida sotish maqsadida sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlab kelinayotgan dori vositalari aniqlandi.

Xususan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda sifati kafolatlanmagan 56 turdagi jami 13 184 dona dori vositalari, jumladan, “Sefotaksim”, “Bifidumbakterin”, “Atropin”, “Tidomet forte” va boshqa preparatlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Aniqlanishicha, “yashirin ombor”da saqlanayotgan dori vositalari qo‘shni respublika hududidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.

Baholash xulosasiga ko‘ra, dori vositalarining umumiy qiymati 577 mln 381 ming so‘mni tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring