Rossiyadan noqonuniy olib kelingan dori vositalari aniqlandi

Asosiy rasm

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qoʻmitasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda kontrafakt dori vositalari savdosiga chek qoʻyildi.

Xususan, poytaxtning Yangihayot tumanida yashovchi 1963-yilda tugʻilgan fuqaro hamda uning ikki nafar farzandi tomonidan dori vositalari saqlanayotgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 3 ta xonadon koʻzdan kechirildi.

Natijada, ushbu manzillarda “Buserelin”, “Volini”, “Bikana”, “Tirzetta” va boshqa nomdagi jami 29 turdagi 1330 quti kontrafakt dori vositalari aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, musodara qilingan mahsulotlarning taxminiy qiymati 600 mln soʻmni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, dori vositalari Rossiya Federatsiyasidan yoʻlovchilar yordamida kichik partiyalarda temir yoʻl va havo transporti orqali olib kelinib, Toshkent shahrida sotilgan.

Hozirda aniqlangan dori vositalari yuzasidan ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring