Buxoro, Navoiy va Samarqandda biznes kayfiyati yaxshilandi

Asosiy rasm

Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, 2026-yil II choragida Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida biznes muhiti yaxshilangan. Respondentlarning 69 foizi biznes sharoitlariga ijobiy baho bergan.

Buyurtmalar hajmi oshganini bildirganlar ulushi 64 foizni, ishlab chiqarish hajmi oshganini qayd etganlar esa 58 foizni tashkil etgan. Yonilg‘i va energiya iste’moli bo‘yicha ko‘rsatkich 7 foiz bandga, yuk tashish bo‘yicha esa 9 foiz bandga oshgan.

Kelgusi chorakda buyurtmalar va yonilg‘i-energiya iste’moli oshishini kutayotgan tadbirkorlar ulushi 60 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, tadbirkorlarning 84 foizi kelgusi uch yilda iqtisodiyot va biznes muhiti yanada yaxshilanishiga ishonch bildirgan.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring