Sietl shahri 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning yirik iqtisodiy va texnologik markazlaridan biri – Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentabrni rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi.
Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi, shuningdek, Sietlda O‘zbekistonning AQSH G‘arbiy sohilidagi birinchi Bosh konsulxonasi tashkil etilgani munosabati bilan qabul qilindi.
Qaror O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tobora kengayib borayotganini, Sietldagi o‘zbek diasporasining faolligi hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va jamoatchilik aloqalarining mustahkamlanayotganini namoyon etadi.
Shuningdek, Sietlda Bosh konsulxonaning faoliyat boshlashi O‘zbekiston fuqarolari va vatandoshlariga konsullik xizmatlarini ko‘rsatish, biznes va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.