264 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida 264 nafar shaxsni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

2026-yil 25-avgustdagi PF–169-son farmon asosida hududlarda fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga O‘zbekiston fuqarosining pasport va ID-kartalari tantanali ravishda topshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatida 48 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 90 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

Fuqarolik olganlar orasida bu maqomni uzoq yillar kutganlar ham bor. Xususan, Toshkent viloyatida yashovchi Robiya Qahhorova O‘zbekiston fuqaroligini 40 yil, Xursanoy Jumaboyeva esa mamlakatda 26 yil yashab kutgan. Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi Anas Valiaxmetov esa 9 yil davomida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida yashagan.

Ma’lumot uchun, 1991–2007-yillarda 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. 2007–2016-yillarda esa bunday holatlar qayd etilmagan.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring