AQSH va Kanadadagi 500 nafar vatandosh Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

Asosiy rasm

Vatan Global Alliance tashabbusi bilan AQSH va Kanadada yashayotgan 500 nafar vatandosh nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llandi.

Maktubda xorijdagi vatandoshlar O‘zbekistonga amerikalik investorlarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalar, bilim va ilg‘or tajribalarni olib kirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek, ular O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklab, xorijda ulg‘ayayotgan yoshlarning Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga ko‘maklashish istagini qayd etdi.

Murojaatda, shuningdek, O‘zbekiston–AQSH hamkorligini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shish niyati bildirilgan.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring