Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar soha vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, so‘nggi o‘n yilda mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalariga to‘xtaldi.

Qayd etilishicha, ushbu davrda O‘zbekistonga 160 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi, iqtisodiyot hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi, sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5,7 mln doimiy ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, davlat va xususiy sektor ishtirokida 1,5 mln o‘rinli maktablar, 342 ming o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 62 ming o‘rinli shifoxonalar barpo etildi. O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi uy-joyga ega bo‘ldi.

Prezident mamlakatdagi o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi xalq ekanini ta’kidlab, fermer va dehqonlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, olimlar, tadbirkorlar, quruvchilar, madaniyat va sport sohasi vakillari, davlat xizmatchilari, harbiylar hamda huquq-tartibot organlari xodimlarining hissasini alohida qayd etdi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan 558 nafar soha vakili yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Marosim yakunida Prezident davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring