Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etdi

Asosiy rasm

Mustaqillik bayrami arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ulamolar, nuroniylar hamda ziyolilar qatnashdi. Vatan ozodligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar haqiga Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.

Prezident tarixiy xotirani asrash, qatag‘on qurbonlari nomini tiklash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtaldi.

Keyingi yillarda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Jumladan, Shahidlar xotirasi xiyobonidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Hududlardagi muzeylar fondlari ham noyob hujjat va fotosuratlar bilan boyitilmoqda.

2021–2025-yillarda Oliy sud tomonidan 1 200 dan ortiq qatag‘on qurboni oqlandi. Joriy yilda esa sobiq tuzum davrida nohaq ayblangan yana 161 nafar shaxsning nomi oqlandi.

Shuningdek, 1983–1990-yillarda “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” doirasida 40 ming nafar o‘zbekistonlik tergov qilingani, 5 ming nafari jinoiy javobgarlikka tortilgani eslatib o‘tildi.

Prezident yoshlarni milliy g‘urur, bilim va ma’rifat ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidlab, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li tinchlik, do‘stlik va hamkorlikka asoslanganini qayd etdi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring