Eksportchilar xorijiy sertifikat olish uchun tris.uz orqali ariza topshirishi mumkin
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tadbirkorlar uchun yangi elektron xizmatni ishga tushirdi.
Endilikda eksportchilar xalqaro ISO, OEKO-Tex, Global GAP, Yevropaning CE va boshqa standart hamda sertifikatlarni olish uchun “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi – tris.uz orqali ariza topshirishi mumkin.
Buning uchun tizimdagi “Sertifikatlash” bo‘limidan “Eksport sertifikatini olishga ariza berish” xizmati tanlanib, arizachi, mahsulot va zarur sertifikat haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Ariza qabul qilingach, agentlikning mas’ul xodimlari tadbirkor bilan bog‘lanib, xorijiy sertifikatni olish jarayonining boshidan oxirigacha amaliy ko‘mak ko‘rsatadi.