Mustaqillik bayrami arafasida 72 ta yirik loyiha va 91 ta ijtimoiy obyekt ishga tushirildi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim doirasida mamlakatning barcha hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘mlik 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi. Yangi loyihalar hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratilishi va budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum ta’minlanishi kutilmoqda.

Loyihalar energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, tog‘-kon, to‘qimachilik va yengil sanoat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Jumladan, Sirdaryo viloyatida 1 573 MVt quvvatli elektr energiyasi ishlab chiqarish obyekti, Qoraqalpog‘istonda 200 MVtli shamol elektr stansiyasi va 100 MVtli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi.

Ijtimoiy sohada esa 36 ta bolalar bog‘chasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta shifoxona foydalanishga topshirildi. Ular qatorida Yangi Toshkentdagi 7 ming talabaga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston universiteti majmuasi ham bor.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring