Bo‘stonliqda 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi

Asosiy rasm

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega Chorbog‘ shamol elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Loyiha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilib, uning uchun Xitoy hukumati tomonidan 28 million AQSH dollari miqdorida beg‘araz grant ajratilgan.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan loyiha doirasidagi tashkiliy, texnik va muhandislik ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Qurilish-montaj ishlari, elektr tarmoqlariga ulash, muhandislik infratuzilmasini tayyorlash hamda shamol turbinalarini o‘rnatish yakunlandi.

Stansiyada har biri 5 MVt quvvatga ega 4 ta zamonaviy shamol turbinasi o‘rnatilgan. Majmua yiliga 50 million kVt·soatgacha ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Bu qariyb 20 mingta xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish va energetika tizimi barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, stansiya faoliyati natijasida tabiiy gaz va ko‘mir tejalishi, atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari hajmi kamayishi kutilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring