O‘zbekistonda inflyatsiya pasaymoqda

Asosiy rasm

2026-yil iyul oyida O‘zbekistonda umumiy inflyatsiya darajasi 6,4 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 12,3 foiz bo‘lgan.

So‘nggi yillarda ayniqsa xizmatlar sohasidagi narxlar o‘sishi sezilarli darajada sekinlashgan. 2024-yilning yanvar–iyul oylarida xizmatlar narxi 21,7 foizga oshgan bo‘lsa, 2026-yilning shu davrida o‘sish sur’ati 4,6 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, joriy yilning yanvar–iyul oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari esa 4,2 foizga oshgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar mamlakatda narxlar o‘sish sur’ati bosqichma-bosqich sekinlashayotganini ko‘rsatmoqda.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring