Kichik biznes uchun tekshiruvlarga uch yillik moratoriy e’lon qilinadi

Asosiy rasm

Bu haqda bugun, 18-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida ma’lum qilindi.

Kichik biznes faoliyatida inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan yo‘nalishlardagi tekshiruvlarga uch yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi.

O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasi soliq organlari tomonidan tan olinadi. Kamchiliklarni bartaraf etgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yil ichida takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.

Shuningdek, barcha turdagi jarimalar o‘rtacha ikki barobar kamaytiriladi.

Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda «tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi» amal qiladi. Ya’ni tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanmaydi.

Birinchi xato uchun ogohlantirish tartibi joriy etilib, odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring