O‘zbekistonda gaz va elektr uzilishlari biznesning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda – Markaziy bank
Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 2026-yilning II choragi yakunida tadbirkorlarning 64 foizi biznes sharoiti yaxshilanganini bildirgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, tadbirkorlarning 82 foizi o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy vaziyat yaxshilanishini kutmoqda.
Biroq to‘liq quvvatda ishlay olmayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar asosiy cheklovlardan biri bo‘lib qolmoqda. Talabning pastligi, yoqilg‘i narxlarining oshishi va logistika bilan bog‘liq muammolar ham biznes faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar sifatida qayd etilgan.
Markaziy bankning biznes kayfiyati bo‘yicha so‘rovnomasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi 2 391 nafar tadbirkor ishtirok etgan.