“O‘zbekgidroenergo” AJ rahbari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Asosiy rasm

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “UzHydroPower” zavodida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda gidroenergetika sohasini rivojlantirish, kichik va mikro GESlar qurilishini kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor ishtirokini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkorlarga kichik va mikro GESlar uchun maqbul hududlarni aniqlash, loyihalashtirish, zarur uskunalarni tanlash va yetkazib berish, qurilish-montaj ishlari hamda obyektlarni ishga tushirish jarayonlari bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Tadbirda “UzHydroPower” zavodining ishlab chiqarish imkoniyatlari ham taqdim etildi. Korxona quvvati 1 kVtdan 40 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlar, turbinalar, generatorlar, suv nasos agregatlari hamda suv omborlari uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring