Ekologik ekspertizada yangi baholash mexanizmlari joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanayotgani alohida ta’kidlandi.
Yangi qaror bilan atrof-muhitga ta’sirni baholash tizimi xalqaro yondashuvlar asosida takomillashtirilgani, loyihalar xavflilik darajasiga qarab baholanishi, skrining va skoping bosqichlari joriy etilishi, uglerod izi va issiqxona gazlari emissiyasini baholash, jamoatchilik ishtiroki hamda loyiha ishlab chiquvchilarning mas’uliyati kuchaytirilishi haqida ma’lumot berildi.