Toshkent viloyatida ekologik nazoratdagi kamchiliklar uchun qator rahbarlar lavozimidan ozod etildi

Asosiy rasm

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Ekopolitsiya boshlig‘i Aziz Abduhakimov raisligida Toshkent viloyatida ekologik nazorat sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda huquqbuzarliklarga qarshi choralar samaradorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda viloyatda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator muammolar tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, ekologik nazoratning sust tashkil etilgani, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan nazorat yetarli darajada ta’minlanmagani, ekologik ekspertiza xulosasisiz hamda daryolarni muhofaza qilish zonalarida ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan obyektlar bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmagani ta’kidlandi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo‘llanildi. Jumladan, Toshkent viloyati Ekopolitsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda sakkizta tuman va shahar bo‘limlari boshliqlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Qo‘mita axborot xizmati ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalariga ham Toshkent viloyati misolida o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ekologik nazorat samaradorligini oshirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring