Eski avtomobillar uchun kompensatsiya to‘lash majburiyati loyihadan chiqarib tashlanmoqda
Jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida, ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar uchun har yili BHMning 30 baravari miqdorida ekologik to‘lov undirish nazarda tutilgan norma loyihadan chiqarib tashlanadigan bo‘ldi.
Bu ҳақda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tartib majburlash mexanizmi emas, balki rag‘batlantiruvchi "trade-in" tizimi sifatida joriy etiladi.
Unga ko‘ra:
Eski avtomobillar bozor qiymati asosida baholanadi va egalariga pul mablag‘lari yoki vaucher taqdim etiladi;
Nosoz holatdagi avtomobillarni joyiga chiqqan holda baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Vaucher asosida rasmiy dilerlardan yangi avtomobil xarid qilinganda, qolgan summani 2 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatda foizsiz to‘lash imkoniyati yaratiladi.