Oʻzbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi

Asosiy rasm

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–289-son, 03.08.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2027-yil 1-yanvardan xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar ekologik ekspertiza xulosasiga muvofiq xavfli chiqindilarni boshqarish boʻyicha yillik rejalrni ishlab chiqadi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.

Yillik rejalarda quyidagilar nazarda tutiladi:

– xavfli chiqindilar hosil boʻlish hajmini kamaytirish;

– xavfli chiqindilarni qayta ishlash ulushini oshirish va ularni xavfsiz joylashtirish;

– xavfli chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish yoki koʻmish uchun tegishli vakolat, infratuzilma hamda ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasiga ega ixtisoslashgan tashkilotlarga topshirish.

Foydalanishdan chiqarilgan xavfli chiqindilar saqlanayotgan maxsus inshootlar va ochiq maydonlar ularni ekologik qayta tiklash uchun zarur mablagʻlar bilan birgalikda bepul asosda Agentlikka oʻtkaziladi.

2026-yil 1-oktabrdan xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlarning statistika hisobotlari yil yakunlari boʻyicha shakllantirib boriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring