Termizda sobiq mansabdor 200 dan ortiq daraxtning kesilishida aybdor deb topildi

Asosiy rasm

Surxondaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida daraxtlarning kesilishi bilan bog‘liq ishni qayta ko‘rib chiqdi.

Ish materiallariga ko‘ra, sobiq Termiz shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i hamda “M. T. T” MChJ rahbari Termiz shahri “Do‘stlik” mahallasi hududidagi daraxtlarni ko‘chirishni rejalashtirgan. Biroq qimmatli daraxtlarni ko‘chirish va kesish bo‘yicha murojaat qonunchilik talablariga asosan rad etilgan.

Shunga qaramasdan, qurilish hududidagi jami 217 tup daraxt o‘zboshimchalik bilan kesib tashlangan.

Natijada tabiatga 2 milliard 69 million 437 ming 500 so‘m zarar yetkazilgan.

Apellyatsiya instansiyasida sobiq mansabdor o‘zini aybsiz deb hisoblagan bo‘lsa-da, sud hay’ati ish bo‘yicha to‘plangan dalillar, guvohlar ko‘rsatmalari va ekspertiza xulosalariga asoslanib, uni Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topdi.

Sud hukmiga ko‘ra, aybdorga 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, yakuniy jazo muddati 1 yil 5 oy 15 kun etib belgilandi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring