Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi

Asosiy rasm

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida o‘tkazilgan brifingda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Ma’lum qilinishicha, ta’lim tizimining normativ-huquqiy va metodik asoslarini mustahkamlash yo‘nalishida 7 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, matematika, tabiiy fanlar, kimyo, informatika va musiqa fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlangan.

Brifingda qayd etilishicha, 60 dan ortiq darslik va o‘quv-metodik majmualar muhokamadan o‘tkazilib, amaliyotga 210 ta metodik tavsiya va dars ishlanmalari joriy etilgan. “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida tashkil etilgan 12 ta Meetup uchrashuvida 5,2 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etgan.

Xalqaro baholash tadqiqotlari doirasida 2026-yil aprel–may oylarida respublikaning 164 ta maktabida PIRLS-2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov bosqichi o‘tkazilgan. Shuningdek, 27 ta maktabda TIMSS-2027 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari tashkil etilgan.

Shuningdek, elektron platformalar orqali fuqarolarning o‘zbek tilini bilish darajasi hamda ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha 14,1 ming nafardan ortiq ishtirokchini qamrab olgan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilgan.

Brifingda UNICEF, Qozog‘istonning “Orleu” markazi, Koreyaning Kookmin University hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik kengaytirilib, yangi memorandumlar imzolangani ham ma’lum qilindi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring