Yarim yilda iste’molchilar foydasiga qariyb 59 mlrd soʻm qayta hisob-kitob qilindi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida oʻtkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, 2026-yilning birinchi yarim yili davomida Qoʻmitaga jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillaridan jami 23,2 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
Ta’kidlanishicha, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida 10,5 mln nafar fuqaroning huquq va manfaatlari himoya qilinib, ular foydasiga 59 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Brifingda qayd etilishicha, murojaatlarning asosiy qismi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik, reklama, savdo va xizmat koʻrsatish, kommunal xizmatlar, aloqa, transport hamda qurilish sohalariga toʻgʻri kelgan.