Oʻzbekistonda uy hayvonlarini majburiy roʻyxatdan oʻtkazish joriy etiladi
2026-yil 7-avgustdan boshlab Oʻzbekistonda uy hayvonlarini majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tizimi joriy etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, it va mushuklar uch oylik yoshga toʻlgunga qadar, qoramol, qoʻy, echki va tuyalar esa tugʻilganidan keyin 14 kun ichida veterinariya xizmatida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Shuningdek, 2028-yil 1-yanvardan boshlab uy hayvonlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Mazkur sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtmagan hayvonlarni saqlashga ham yoʻl qoʻyilmaydi.