Oʻzbekistonda ilk ipoteka obligatsiyalari boʻyicha ikkinchi birja bitimi amalga oshirildi
Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish doirasida ilk ipoteka obligatsiyalari boʻyicha ikkinchi birja bitimi amalga oshirildi.
“Toshkent” Respublika fond birjasida “UMRC SPV” MChJ tomonidan chiqarilgan ipoteka obligatsiyalari boʻyicha 40,14 milliard soʻmlik bitim AT “Agrobank” ishtirokida yopiq obuna orqali tuzildi.
Maʼlumot uchun, mazkur dastur doirasidagi birinchi birja bitimi 2026-yil 8-iyul kuni amalga oshirilgan boʻlib, unda 40,56 milliard soʻmlik ipoteka obligatsiyalari AT “Xalq banki” ishtirokida joylashtirilgan edi.
Prezidentning 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoniga muvofiq, tajriba loyihasi doirasida tijorat banklarining ipoteka kreditlari portfeli asosida jami 200 milliard soʻmlik ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va ularni “Toshkent” Respublika fond birjasi orqali joylashtirish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, ipoteka obligatsiyalarini bosqichma-bosqich joylashtirish kapital bozorini rivojlantirish hamda uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.