Energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi:

Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yangi boshqaruv modeli joriy etiladi. Keyinchalik ushbu tajriba respublikadagi barcha tuman va shaharlarga tatbiq qilinadi.

Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng murakkab tumanlarga biriktirilib, yil yakuniga qadar yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Energetika vazirligi tarkibida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.

«Ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish» zanjiri, shuningdek, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minoti «stress-audit»dan o‘tkaziladi.

Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqarish tizimi yaratiladi.

ASKUE va ASKUG ma’lumotlari sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali holatlarni avtomatik aniqlaydigan platforma ishga tushiriladi.

Tizimdagi 106 ming nafar xodim uchun 10 ta asosiy KPI joriy etiladi.

Gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 916 ta mahalla uchun isitish tizimini elektrga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi.

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi. Dastlab ushbu tajriba Andijon viloyatida joriy etiladi.

Tadbirkorlarga import qilingan yoki birjadan xarid qilingan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berish huquqi beriladi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya ajratiladi.

Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan 25 ta texnika oliygohida yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlari to‘liq yangilanadi.

Yangi o‘quv yilidan mazkur oliygohlarda 3-kurs talabalarining yarmi va 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’lim tizimiga jalb etiladi.

Saudiya Arabistonining ACWA kompaniyasi tajribasi yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham joriy etiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring