Toshkent aeroportida 11,8 kg gashish moyi musodara qilindi

Asosiy rasm

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bangkok – Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Qirg‘iziston fuqarosining yuklari tekshirilganda, shampun idishlariga yashirilgan 11,8 kilogramm gashish moyi aniqlandi.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur giyohvandlik moddasini Yunusobod tumanidagi xonadondan olib ketish uchun kelgan Chirchiq shahrida yashovchi shaxs ushlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik vositasi Tailanddan O‘zbekiston orqali qo‘shni davlatlardan biriga tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring