Urgut tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Urgut tumani prokurori o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs avval Pastdarg‘om tumani prokuraturasida faoliyat yuritgan davrida mahalliy MCHJning tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani oqibatida yuzaga kelgan 2,8 milliard so‘mlik zarar miqdorini kamaytirib berish evaziga 6,5 ming AQSH dollari va 35 million so‘m miqdorida pora olgan.
Shuningdek, u mazkur ish bo‘yicha zarar miqdorini yanada kamaytirish hamda sud orqali yengilroq jazo tayinlanishiga ko‘maklashishni va’da qilib, qo‘shimcha ravishda 15 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan