MICE turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning 50 foizi qaytariladi

Asosiy rasm

Hukumatning 2026-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan O‘zbekistonda MICE turizm (ishbilarmonlik turizmi) tadbirlarini tashkil etuvchi tadbirkorlarga respublika budjetiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning 50 foizini qaytarish tartibi tasdiqlandi.

Mazkur tartibga ko‘ra, QQSni qaytarib olish uchun tadbirkor MICE tadbiri yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga murojaat qilishi lozim.

Murojaatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

tadbir dasturi;

xarajatlar smetasi;

elektron hisobvaraq-fakturalar;

onlayn kassa cheklari;

bank to‘lov hujjatlari;

chet ellik ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Turizm qo‘mitasi arizani 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Mazkur mexanizm mamlakatda MICE turizmni rivojlantirish, xalqaro tadbirlar sonini ko‘paytirish hamda xorijiy turistlar oqimini oshirishga qaratilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring