Tailanddan olib kelingan narkotik moddalar tranzitiga chek qo‘yildi

Asosiy rasm

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari hamkorligida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, 2004-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining sport sumkasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, uning ichidan shirinliklar va boshqa mahsulotlar niqobi ostida qadoqlangan, taxminiy og‘irligi 11 kilogramm bo‘lgan gashish moyi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar Tailanddan olib kelingan bo‘lib, ularni Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring